Sizni biz uchun eng baxtli
va unutilmas kunda kutib qolamiz.
Tashrifingiz biz uchun eng qadrli sovg‘a
va yangi hayotimizning boshlanishidagi
eng katta quvonch bo‘ladi.
Biz bir-birimizda mehr, ishonch va
muhabbatga to‘la butun bir olamni kashf etdik.
Sizni esa hayotimizning
eng go‘zal hikoyasi boshlanadigan ushbu
unutilmas kunni biz bilan birga nishonlashga
samimiy taklif etamiz.
BIZ SIZNI INTIQLIK BILAN KUTAMIZ
Siz bu taklifnomani bejiz olganingiz yo‘q!
Biz uchun eng aziz va unutilmas bo‘lgan ushbu kunda
sizni yonimizda ko‘rishni chin yurakdan istaymiz!